Skip to main content

Posts

Koʻp kitob oʻqiydiganlar yaxshiroq tushunishini isbotlovchi bir tajriba

Matndagi soʻzlarni toʻgʻri tushunish nafaqat soʻz boyligi balki leksikonda kodlangan soʻzlar ma’noviy guruhlarining chuqurligi va sifatiga ham bogʻliq. Bundan tashqari soʻzning ma’nosi uning sintaktik pozitsiyasiga hamda kontekstdagi semantikasiga ham aloqador boʻladi [1] . Oʻqib tushunish malakasi yaxshi rivojlangan oʻqirmanlar matndagi notanish soʻzlarning ma’nosini yaxshi anglaydilar. Bunga sabab ularning doimiy ravishda matn bilan ishlashlari, koʻproq kitob, gazeta oʻqishlari bilan bogʻliq. Daymok Texas shtatidagi maktablarning 11 – 12 yoshli oʻquvchilari oʻrtasida oʻqib tushunishni baholovchi test oʻtkazadi [2] . Oʻtkazilgan test natijasi shuni koʻrsatadiki koʻproq kitob, gazeta, jurnal oʻqiydigan, ota-onasidan ertak eshitib turadigan oʻquvchilarning oʻqib tushunish malakasi boshqalarnikidan yaxshiroq rivojlangan edi. Daymok soʻrovnoma ham oʻtkazishga qaror qiladi. Soʻrovnomada 2ta savol oʻrtaga tashlangan edi: Siz kitob oʻqishni tanlaysizmi yoki televizor koʻrishnimi? Siz koʻchad
Recent posts

Korpus nima? (Korpus tilshunosligi)

Korpus katta hajmli va tizimga solingan matnlar to‘plamidan iborat til manbasi hisoblanadi. Korpus tilshunosligida ular ma’lum bir til doirasida yoki tilning ma’lum bo‘limida statistik tahlillarni amalga oshirish, qarashlarni, tildagi hodisalar yoki nazariy qoidalarni tekshirish uchun foydalaniladi. Korpus bir til yoki bir necha tildagi matnli ma’lumotlardan iborat bo‘lishi mumkin. Korpus deganda, odatda, matnli korpus tushunchasi anglanadi, lekin hozirgi kunda korpuslar faqatgina matnlardan iborat bo‘lmay qoldi. Shuning uchun korpus so‘zi o‘rniga matnli korpus tushunchasini ishlatamiz. Tilga oid tadqiqotlarni olib borishni yanada samaraliroq qilish uchun korpuslar annotatsiyalanadi (Bu haqida keyingi bildirgilarda to‘liqroq shaklda yozamiz). Masalan, korpusni annotatsiyalashning bir turi bu so‘zlarni teglash hisoblanadi (POS-tagging). Bunda so‘zning turkumi va shu turkum kategoriyalari asosida teglab chiqish tushuniladi. Ya’ni kitoblarga so‘zi quyidagi ma’lumotlar

Hissiyot bilan tilni sevish mumkin, ammo rivojlantirib boʻlmaydi

 Muallif: Shokir Yoʻldosh (Shokir Tursunov) Tan olib aytishimiz kerak, 2019-yilgacha til haqidagi gaplar oktabr oyida jonlanib qolar, hamma qarsak chalar, she’rlar yozar va noyabr oyidan yana hammasi jim boʻlib ketar edi. Lekin mana 2019-yil oktabr oyida koʻtarilgan tilga e’tibor masalasi hali ham muhokamalar markazida turgan mavzulardan biri ekani odamni xursand qiladi. Ijtimoiy tarmoqqa kirsangiz, til, unga e’tibor, yangi qarorlarning muhokamasi haqidagi bahslarga har daqiqa guvoh boʻlasiz. Lekin... Shu muhokama va bahslardan tilga qanday foyda kelyapti? Hissiyotlarimizni izhor qilyapmiz, xolos. Lekin uni rivojlantirish uchun kim nima qilyapti? Toʻgʻri, butun boshli universitet tashkil etilgan, Oʻzbek tilini rivojlantirish departamenti, uning qoshida Atamalar komissiyasi, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish markazi, Adliya vazirligi tomonidan taklif etilayotg

Ona tili darslarida badiiy matnni idrok etish

Ushbu maqola “В осприятие художественного текста на уроках родного языка ” sarlavhasi bilan xalqaro jurnalda chop etilgan ( The Way of Science – International scientific journal – Volgograd, 2016. № 6. –Б.52-54. ) Muallif: Klaraxon Mavlonova  Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti katta o‘qituvchisi, p.f.d. (PhD) Annotatsiya. Ushbu maqolada ona tili darslarida badiiy matnning til xususiyatlarini o‘rganishga kirishish avvalida uni til jihatdan estetik idrok qilishning psixologik asoslarini aniqlash,   ona tili darslarida badiiy idrok maxsus topshiriq asosida badiiy   matnni til xususiyatlarini o‘rganish sari yo‘naltirilishi lozimligi va   bu borada badiiy idrok etish ustidagi ishlarni o‘ziga xos tarzda uyushtirish masalalari yoritilgan.   Kalit so‘zlar: badiiy matn, badiiy idrok, idrok maydoni, badiiy matnning til xususiyatlari, til hodisalari, estetik zavq, nutq madaniyati.          O‘quvchilarning nutq madaniy

5-sinf o‘quvchilari yozma nutqining uslubiy tahlili

Maqola   Global ta’lim va milliy metodika. Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallarining 283-289-betlari dan olindi. Muallif: Mohigul Esanova Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 187-son qaroriga muvofiq yangi tahrirdagi umumiy o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlari tasdiqlandi. Unda “…umumta’lim fanlarini o‘qitishning uzluksizligi va izchilligini ta’minlash, zamonaviy metodologiyasini yaratish, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi davlat ta’lim standartlarini kompetensiyaviy yondashuv asosida takomillashtirish, o‘quv-metodik majmualarining yangi avlodini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilishni tashkil etish” [1] bosh maqsad qilib olingan. Qarorda ona tili faniga oid quyidagi kompetensiyalar belgilab berilgan: Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozishni o‘z ichiga oladi). Bu kompetensiya bo‘yicha A2 darajadagi sinf o‘quvchilari tinglangan matn, ko‘rilgan lavhadagi asosiy axborot, voqea-hodisalar

Eshitib tushunishda “pastdan yuqoriga” va “yuqoridan pastga” yondashuvlari

Ushbu maqola David Nunanning “Til oʻqitish metodologiyasi” (Languagae teaching methodology) kitobidan erkin tarjima qilingan. Tarjimon: Shokir Tursunov Ogʻzaki nutqni eshitib tushunish jarayoni qanday kechadi? Eshitilgan nutqdan mazmunni samarali chiqarib oladigan odamlar bunga qanday erishadilar? Oddiy qaralsa, ogʻzaki nutqni tushunish jarayoni nutq oqimini tarkibiy qismlarga – tovushlarga, fonemalarga ajratib olishdan boshlanadi, keyingi bosqich esa boʻgʻin, soʻz, soʻz birikmasi, sintagma, gap, matn ketma-ketligida davom etadi. Bu qarash nutqni eshitib tushunishga “pastdan yuqoriga” (bottom-up) yondashuvi hisoblanadi, koʻrinib turibdiki ushbu yondashuv yetarli darajada mukammal emas, uni osongina rad etish mumkin. Matn Ular shunday betartib joylanganki, hammasini tartibga keltirish uchun ancha vaqt kerak. Keyin ularni saralash kerak boʻladi. Menimcha, rangiga qarab saralagan ma’qul. Rangiga qarab saralab olgach yana bir ichki saralash oʻtkazish va mavsumiy koʻrs

“Standart o‘zbek tili” risolasi

Filologiya fanlari doktori Aziz Boltayevich Joʻrayevning "Standart oʻzbek tili" risolasiga yozilgan soʻzboshi. Bu risola olim hayotligida 4 bob boʻlishi rejalashtirilgan ishning birinchi bobidir. Qolgan boblar, afsuski, yakunlanmay qolgan. Muallif: Iroda Azimova (filologiya fanlari nomzodi) Standart til masalasi tilshunoslikdagi markaziy masalalardan biridir. Til og‘zaki ko‘rinishda insonlararo muloqotni ta’minlasa, yozma ko‘rinishdagi til bir millatning madaniyati, tarixi, asrlar davomida yiqqan tajribasini avlodlarga yetkazishga xizmat qiladi. Buning samarali amalga oshishi uchun esa tilning umum tomonidan qabul qilingan, bir millat doirasidagi turli sheva vakillari uchun birday tushunarli bo‘lgan me’yorlashtirilgan shakli zarurdir. Hozirga qadar o‘zbek adabiy tili tushunchasi o‘zbek tilining me’yorlashtirilgan shakli sifatida o‘qitib kelinadi. O‘rta maktabdagi va oliy ta’limdagi ona tili va hozirgi o‘zbek adabiy tili darsliklari ko‘zdan kechirilar ekan, ul

Ona tilida oʻqib tushunish malakasini rivojlantirish yuzasidan tajribaviy tadqiq

Maqola Global ta’lim va milliy metodika. Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari dan olindi. Muallif: Feruza Sharopova Bugungi kunda bilim berish va uni sinovdan oʻtkazishning xalqaro me’yorlari oʻrganilib, ularni Respublikamizdagi ta’lim jarayoniga joriy etish rejalashtirilmoqda. Dunyoda ta’lim sifati, saviyasi va darajasini aniqlab beruvchi PISA (Oʻquvchilarni ta’limdagi yutuqlarini baholash xalqaro dasturi), PIRLS (Matnni oʻqish va tushunish darajasini aniqlovchi xalqaro tadqiqot), TIMSS (Maktabda matematika va aniq fanlar sifatini tadqiq qiluvchi xalqaro monitoring) kabi bir qator xalqaro dasturlar mavjud boʻlib, ular rivojlangan davlatlardagi ta’lim sifatini yanada oshirishdagi mezon sifatida keng qoʻllanilib kelinmoqda. [1] PISA   -   oʻquvchilarni ta’lim sohasidagi yutuqlarini baholash boʻyicha xalqaro dastur boʻlib, undagi test jahon davlatlaridagi maktab oʻquvchilarining bilimi va ularni amaliyotda qoʻllay olish mahoratini baholaydi. [2] Dasturning asosiy