Maqola Global ta’lim va milliy metodika. Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallarining 283-289-betlari dan olindi. Muallif: Mohigul Esanova Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 187-son qaroriga muvofiq yangi tahrirdagi umumiy o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlari tasdiqlandi. Unda “…umumta’lim fanlarini o‘qitishning uzluksizligi va izchilligini ta’minlash, zamonaviy metodologiyasini yaratish, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi davlat ta’lim standartlarini kompetensiyaviy yondashuv asosida takomillashtirish, o‘quv-metodik majmualarining yangi avlodini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilishni tashkil etish” [1] bosh maqsad qilib olingan. Qarorda ona tili faniga oid quyidagi kompetensiyalar belgilab berilgan: Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozishni o‘z ichiga oladi). Bu kompetensiya bo‘yicha A2 darajadagi sinf o‘quvchilari tinglangan matn, ko‘rilgan lavhadagi asosiy axborot, voqea-...
Til oʻqitish metodikasiga oid maqolalar
Comments
Post a Comment