Skip to main content

Posts

Showing posts from April, 2020

Eshitib tushunishda “pastdan yuqoriga” va “yuqoridan pastga” yondashuvlari

Ushbu maqola David Nunanning “Til oʻqitish metodologiyasi” (Languagae teaching methodology) kitobidan erkin tarjima qilingan. Tarjimon: Shokir Tursunov Ogʻzaki nutqni eshitib tushunish jarayoni qanday kechadi? Eshitilgan nutqdan mazmunni samarali chiqarib oladigan odamlar bunga qanday erishadilar? Oddiy qaralsa, ogʻzaki nutqni tushunish jarayoni nutq oqimini tarkibiy qismlarga – tovushlarga, fonemalarga ajratib olishdan boshlanadi, keyingi bosqich esa boʻgʻin, soʻz, soʻz birikmasi, sintagma, gap, matn ketma-ketligida davom etadi. Bu qarash nutqni eshitib tushunishga “pastdan yuqoriga” (bottom-up) yondashuvi hisoblanadi, koʻrinib turibdiki ushbu yondashuv yetarli darajada mukammal emas, uni osongina rad etish mumkin. Matn Ular shunday betartib joylanganki, hammasini tartibga keltirish uchun ancha vaqt kerak. Keyin ularni saralash kerak boʻladi. Menimcha, rangiga qarab saralagan ma’qul. Rangiga qarab saralab olgach yana bir ichki saralash oʻtkazish va mavsumiy koʻrs

“Standart o‘zbek tili” risolasi

Filologiya fanlari doktori Aziz Boltayevich Joʻrayevning "Standart oʻzbek tili" risolasiga yozilgan soʻzboshi. Bu risola olim hayotligida 4 bob boʻlishi rejalashtirilgan ishning birinchi bobidir. Qolgan boblar, afsuski, yakunlanmay qolgan. Muallif: Iroda Azimova (filologiya fanlari nomzodi) Standart til masalasi tilshunoslikdagi markaziy masalalardan biridir. Til og‘zaki ko‘rinishda insonlararo muloqotni ta’minlasa, yozma ko‘rinishdagi til bir millatning madaniyati, tarixi, asrlar davomida yiqqan tajribasini avlodlarga yetkazishga xizmat qiladi. Buning samarali amalga oshishi uchun esa tilning umum tomonidan qabul qilingan, bir millat doirasidagi turli sheva vakillari uchun birday tushunarli bo‘lgan me’yorlashtirilgan shakli zarurdir. Hozirga qadar o‘zbek adabiy tili tushunchasi o‘zbek tilining me’yorlashtirilgan shakli sifatida o‘qitib kelinadi. O‘rta maktabdagi va oliy ta’limdagi ona tili va hozirgi o‘zbek adabiy tili darsliklari ko‘zdan kechirilar ekan, ul

Ona tilida oʻqib tushunish malakasini rivojlantirish yuzasidan tajribaviy tadqiq

Maqola Global ta’lim va milliy metodika. Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari dan olindi. Muallif: Feruza Sharopova Bugungi kunda bilim berish va uni sinovdan oʻtkazishning xalqaro me’yorlari oʻrganilib, ularni Respublikamizdagi ta’lim jarayoniga joriy etish rejalashtirilmoqda. Dunyoda ta’lim sifati, saviyasi va darajasini aniqlab beruvchi PISA (Oʻquvchilarni ta’limdagi yutuqlarini baholash xalqaro dasturi), PIRLS (Matnni oʻqish va tushunish darajasini aniqlovchi xalqaro tadqiqot), TIMSS (Maktabda matematika va aniq fanlar sifatini tadqiq qiluvchi xalqaro monitoring) kabi bir qator xalqaro dasturlar mavjud boʻlib, ular rivojlangan davlatlardagi ta’lim sifatini yanada oshirishdagi mezon sifatida keng qoʻllanilib kelinmoqda. [1] PISA   -   oʻquvchilarni ta’lim sohasidagi yutuqlarini baholash boʻyicha xalqaro dastur boʻlib, undagi test jahon davlatlaridagi maktab oʻquvchilarining bilimi va ularni amaliyotda qoʻllay olish mahoratini baholaydi. [2] Dasturning asosiy

Ona tili taʼlimida lisoniy malakani rivojlantirishning psixolingvistik asosi

Maqola  Global ta’lim va milliy metodika. Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallarining 215-224-betlari dan olindi. Muallif: Iroda Azimova Taʼlim jarayoni asosan til vositasida kechar ekan, ona tili taʼlimi taʼlim tizimidagi fanlar orasida alohida oʻrin tutadi. Boshqa fanlarning oʻzlashtirilishi oʻquvchining oʻz ona tilida yozma matnni, ogʻzaki matnni tushunish, oʻz fikrini yozma va ogʻzaki shaklda izchil bayon eta olish koʻnikmasi bilan bevosita bogʻliq. Aytish mumkinki, ona tili taʼlimi har qanday bosqichdagi taʼlimning negizini tashkil etadi. Tilning eng birinchi vazifasi maʼlumotni kodlash va dekodlashdir, yaʼni soʻzlovchi oʻz fikrini toʻgʻri ifodalashi kerak va qabul qilingan nutqda berilgan maʼlumotni toʻgʻri tushunishi kerak. Oʻrta maktabda ona tili taʼlimi tilning aynan shu – birlamchi funktsiyasini qoʻllash malakasini shakllantirishga qaratilishi kerak. Psixolingvistik tadqiqotlardan maʼlumki, insonning til qobiliyati toʻrt xil kognitiv malakaning oʻzaro bogʻliql

MOBIL ILOVALAR ORQALI TIL O‘RGANISH VA O‘RGATISH: ILOVALAR TASNIFI

KIRISH Jozibali texnologiyalar sirasiga kiruvchi mobil ilovalar bugungi kunga kelib ta’limda o‘ziga xos inqilob yasagani hech kimga sir emas. So‘nggi yillarda bunday ilovalar ta’lim jarayoniga chuqur kirib bordi. Smartfon va turli mobil gadjetlar taraqqiyoti an’anaviy ta’lim jarayonini o‘zgartirib yubordi. Bu o‘zgarishlar til ta’limida ham yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Mobil qurilmalardan foydalanish til ta’limi sohasiga oid ko‘plab ilovalarning yaratilishiga olib keldi. Hozirgi kunda foydalanuvchilar internet orqali ana shunday ilovalarni bemalol yuklab olishlari va mustaqil ravishda tillarni o‘rganishlari mumkin. Ushbu maqola til o‘rgatuvchi mobil ilovalar tasnifiga bag‘ishlangan bo‘lib, o‘rganuvchi va o‘rgatuvchilar o‘zlari uchun qaysi ilova qulay va foydali ekanligini aniqlab olishlariga yordam beradi. Til o‘rganuvchilar uchun qaysi ilovaning qulayligi va ko‘proq foydali ekanligini aniqlashga qaratilgan izlanishlar deyarli amalga oshirilmagan. Bu esa ko‘plab ilovalardan qay bir