Maqola Global ta’lim va milliy metodika. Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallarining 283-289-betlaridan olindi.
Tadqiqotchilarning kuzatishlariga ko‘ra, o‘quvchilar fikrini bayon qilishda bir so‘zni takror qo‘llash yoki so‘zdan noo‘rin foydalanish, tasviriy vositalarni, qo‘shma gaplarni qo‘llay olmaslik kabi xatolar qilishadi. Shuningdek, quyidagi umumiy kamchiliklarga yo‘l qo‘yishadi: “Matnda mavzuga uyg‘un holda asosiy fikrni yoritib bera olmaslik; so‘z tanlashdagi xatoliklar, ma’nodosh so‘zlardan foydalana olmaslik; bitta gap yoki yondosh gaplarda bir so‘zni o‘rinsiz takrorlash; gap tuzishda so‘zlar tartibiga e’tibor bermaslik, gap bo‘laklari o‘rnini chalkashtirish. [4]
O‘quvchilarning matn yarata olish ko‘nikmalarini shakllantirish, ona tili darsida innovatsion metodlardan foydalanish, o‘quvchilarning tafakkurini rivojlantirish haqidagi tavsiyalarni quyidagi ilmiy ishlarda ko‘rib chiqish mumkin: M. Saidovning “O‘rta maktablarning 5-sinflarida ona tili ta’limi jarayonida tafakkurni rivojlantiruvchi o‘quv topshiriqlari va ulardan foydalanish metodikasi”, M. Hamdamovaning “1 – 2- sinf o‘quvchilarining og‘zaki va yozma nutqini o‘stirish tizimi”, mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyalari.
Biz tadqiqotimiz davomida 5-sinf ona tili darsligidagi mashq va topshiriqlarning o‘quvchilardagi yozma nutqni o‘stirishga qanchalik xizmat qilishini o‘rganib chiqishga harakat qildik.Mashqlarning ko‘pgina qismini o‘quvchilarning ijodkorligini o‘stirish uchun xizmat qiluvchi o‘tilgan mavzuga mos bayon, hikoya, kichik matn kabilarni tuzish topshiriqlari berilgan, lekin bunday topshiriqlarga Grammatik vazifa ham yuklatilgan bo‘ladi. Masalan, 5-sinf ona tili darsligidagi “So‘roq olmoshlari yordamida ifodalangan so‘roq gaplar” mavzusining 94-mashqida buni ko‘rishimiz mumkin: “Qarisi bor uyning parisi bor” mavzusida matn tuzing. Unda so‘roq olmoshlari ishtirok etgan so‘roq gaplardan foydalaning”. [5] O‘quvchilarning ko‘pchiligi uyda kimningdir yordamida matn tuzishadi, undagi so‘zlarning grammatik vazifasiga e’tibor bera olmaydi, yoki bunday qo‘shimcha topshiriq ularni chalg‘itadi.Shunday ekan, matn tuzish uchun berilgan topshiriqlarda o‘quvchilarning diqqatini bir tomonga yo‘naltirgan mavzularga qaratish lozim, ya’ni ular uchun qiziq bo‘lgan sarlavha asosida matn yaratish topshirig‘i berilishi va unda asosan, mazmunga e’tibor qaratishlari kerakligi aytilishi lozim. Nutqni o‘stirishda ularning lisoniy malakasini va qiziqishlarini hisobga olgan holda o‘quv topshiriqlarini berib boriladi.
Sinfda o‘tkaziladigan amaliy mashg‘ulotlar ularning mantiqiy jihatdan o‘ylashga majbur qila olishi lozim. Qolaversa, ularning tushunish malakasini hisobga olgan holda o‘qib tushunish va eshitib tushunish mumkin bo‘lgan turli topshiriqlarni saralab berish mumkin. Masalan, hikoya (ertak)ning qisqartirilgan variantini o‘qidingiz. Shu asosida hikoya (ertak)ni kengaytiring; audioyozuv orqali eshitgan matnimizning mazmunini ikki yoki uchta gap bilan ifodalang, ya’ni uni qisqartiring; eshitgan hikoyangizga mos sarlavha tanlang va hokazo.
O‘qituvchi o‘quvchilar hukmiga havola qilinayotgan matnning ularga qanchalik ta’sir etishi, uning qanday jarayonlar orqali tushunilishini inobatga olishi lozim.Bu jarayon haqida filologiya fanlari nomzodi, dotsent I. Azimova o‘zining nomzodlik ishida ta’kidlab o‘tadi. [6]
Yuqoridagi fikr-mulohazalar va tajribalardan kelib chiqqan holda Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi 114-maktabning 5- sinf o‘quvchilari ishtirokida tadqiqot ishlari amalga oshirilmoqda.Tajribada o‘quvchilardagi nutqida qaysi nutq uslubi yetakchilik qilishini kuzatdik.
Ushbu tajribada 20 nafar o‘quvchi ishtirok etdi.Tajriba natijasini quyidagi jadvalda aks ettirganmiz.
Bunda so‘zlashuv uslubida yozilgan matnlar – 1; badiiy uslubdagi yozilgan matnlar – 2; aralash uslubda yozilgan matnlar – 3 raqamlari bilan belgilandi:
So‘zlashuv uslubida yozgan bir o‘quvchining matnidagi gaplarni ko‘rib chiqamiz: “U har xil hayvonlarni ovlar edi… U hayvonlarning go‘shtini yer edi… Hayvonlar sherdan ularni yemasligini so‘rabdi… Hayvonlar har kuni qur’a o‘ynashardi…
Quyidagi gaplarni esa badiiy uslubda yozilgan matn sifatida tahlil qildik: “Qadim o‘tgan zamonda qalin o‘rmonda turli-tuman hayvonlar va kuchli sher yashab o‘tgan ekan. sher har doim ov qilar va begunoh hayvonlarni tanovvul qilar ekan. Sherning bu ishidan hayvonlarning jahli chiqibdi va bitim tuzishibdi…
Quyidagi matnni aralash uslubda yozilgan matnga misol qilib olishimiz mumkin: “Bor ekan-da, yo‘q ekan, och ekan-da, to‘q ekan… Hayvonlar undan qo‘rqar edi, chunki sher har doim o‘zini etganini qildirar edi…
Bunday usul o‘quvchilarning 70 % ida uchraganini jadvalda ko‘rib o‘tdik.
Bundan shunday xulosa chiqarish mumkin: bolalar turli omillar orqali, ya’ni atrofdagi odamlar bilan muloqot qilganida, ommaviy axborot vositalarini kuzatganlarida, badiiy asar o‘qiganlarida va boshqa yo‘llar orqali ongiga singib qolgan qo‘llanish chastotasi yuqori bo‘lgan so‘z va jumlalardan foydalanishgan. Bu so‘zlar va birikmalar turli uslubga tegishli bo‘lishi mumkin. Bolaning uslub haqidagi tasavvuri va ko‘nikmasi shakllanib ulgurmaganligini bildiradi. Bolada yozma matn ko‘nikmalarini rivojlantirishda turli uslubdagi matnlarni o‘qitishdan tashqari uslubdan uslubga farqlanuvchi birliklarni o‘rgatib borish maqsadga muvofiq.
Muallif: Mohigul Esanova
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 187-son
qaroriga muvofiq yangi tahrirdagi umumiy o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining
davlat ta’lim standartlari tasdiqlandi. Unda “…umumta’lim fanlarini
o‘qitishning uzluksizligi va izchilligini ta’minlash, zamonaviy
metodologiyasini yaratish, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi
davlat ta’lim standartlarini kompetensiyaviy yondashuv asosida takomillashtirish,
o‘quv-metodik majmualarining yangi avlodini ishlab chiqish va amaliyotga joriy
qilishni tashkil etish” [1] bosh maqsad qilib olingan.
Qarorda ona tili faniga oid quyidagi kompetensiyalar
belgilab berilgan:
- Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozishni o‘z ichiga oladi). Bu kompetensiya bo‘yicha A2 darajadagi sinf o‘quvchilari tinglangan matn, ko‘rilgan lavhadagi asosiy axborot, voqea-hodisalarni tushuna oladi; so‘z va gaplarni bog‘lagan holda fikrini aniq va ravon yozma bayon qila oladi; 20 – 25 gapdan iborat ijodiy matn (bayon, insho) yoza oladi; bayonga reja tuza oladi, epigraf tanlay oladi; matnda badiiy tasvir vositalaridan foydalana oladi va h.k.
- Lingvistik kompetensiya (fonetika grafika, orfoepiya, orfografiya, leksika, garmmatikava uslubiyatga oid bilimlarni o‘z ichiga oladi). [2]
Ona tili darslarida 5-sinf o‘quvchilarining yozma nutqini o‘stirishga qaratilgan mashqlar
bajarilganda yuqorida aytilgan nutqiy kompetensiya talablari inobatga olinadi.
Ijodiy tarzda matn yarata olish, uni og‘zaki nutqda ravon so‘zlab berish
ko‘nikmasini shakllantirish orqaliularning erkin fikrlashini o‘stirish mumkin
bo‘ladi.
Odatda, maktablardagi an’anaviy ona tili darslarida o‘qituvchilar bolalarga insho, bayon yoki matn tuzish topshirig‘ini berishadi. Ingliz metodist olimlari ularni tekshirishga kelganda matnni uch jihatdan ko‘rib chiqish kerakligini ta’kidlashadi hamda bu boradagi ayrim kamchiliklarni izohlaydi: “1. Matnning mazmuni; 2. Gaplarning mantiqiy bog‘langanligi, qurilishi; 3. Tildagi grammatik qoidalarga amal qilingaligi. Avvalo, berilgan insho yoki bayonning mazmun jihatdan mukammal va qiziqarli ekanligi muhimdir, qolganlari keyingi darajalarda turadi. Oddiy o‘qituvchilar esa mazmunning ahamiyatini qay darajada ekanligini bilib turishsa ham, o‘quvchining grammatik xatolariga ko‘proq e’tibor qaratadi.” [3]
Odatda, maktablardagi an’anaviy ona tili darslarida o‘qituvchilar bolalarga insho, bayon yoki matn tuzish topshirig‘ini berishadi. Ingliz metodist olimlari ularni tekshirishga kelganda matnni uch jihatdan ko‘rib chiqish kerakligini ta’kidlashadi hamda bu boradagi ayrim kamchiliklarni izohlaydi: “1. Matnning mazmuni; 2. Gaplarning mantiqiy bog‘langanligi, qurilishi; 3. Tildagi grammatik qoidalarga amal qilingaligi. Avvalo, berilgan insho yoki bayonning mazmun jihatdan mukammal va qiziqarli ekanligi muhimdir, qolganlari keyingi darajalarda turadi. Oddiy o‘qituvchilar esa mazmunning ahamiyatini qay darajada ekanligini bilib turishsa ham, o‘quvchining grammatik xatolariga ko‘proq e’tibor qaratadi.” [3]
Tadqiqotchilarning kuzatishlariga ko‘ra, o‘quvchilar fikrini bayon qilishda bir so‘zni takror qo‘llash yoki so‘zdan noo‘rin foydalanish, tasviriy vositalarni, qo‘shma gaplarni qo‘llay olmaslik kabi xatolar qilishadi. Shuningdek, quyidagi umumiy kamchiliklarga yo‘l qo‘yishadi: “Matnda mavzuga uyg‘un holda asosiy fikrni yoritib bera olmaslik; so‘z tanlashdagi xatoliklar, ma’nodosh so‘zlardan foydalana olmaslik; bitta gap yoki yondosh gaplarda bir so‘zni o‘rinsiz takrorlash; gap tuzishda so‘zlar tartibiga e’tibor bermaslik, gap bo‘laklari o‘rnini chalkashtirish. [4]
O‘quvchilarning matn yarata olish ko‘nikmalarini shakllantirish, ona tili darsida innovatsion metodlardan foydalanish, o‘quvchilarning tafakkurini rivojlantirish haqidagi tavsiyalarni quyidagi ilmiy ishlarda ko‘rib chiqish mumkin: M. Saidovning “O‘rta maktablarning 5-sinflarida ona tili ta’limi jarayonida tafakkurni rivojlantiruvchi o‘quv topshiriqlari va ulardan foydalanish metodikasi”, M. Hamdamovaning “1 – 2- sinf o‘quvchilarining og‘zaki va yozma nutqini o‘stirish tizimi”, mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyalari.
Biz tadqiqotimiz davomida 5-sinf ona tili darsligidagi mashq va topshiriqlarning o‘quvchilardagi yozma nutqni o‘stirishga qanchalik xizmat qilishini o‘rganib chiqishga harakat qildik.Mashqlarning ko‘pgina qismini o‘quvchilarning ijodkorligini o‘stirish uchun xizmat qiluvchi o‘tilgan mavzuga mos bayon, hikoya, kichik matn kabilarni tuzish topshiriqlari berilgan, lekin bunday topshiriqlarga Grammatik vazifa ham yuklatilgan bo‘ladi. Masalan, 5-sinf ona tili darsligidagi “So‘roq olmoshlari yordamida ifodalangan so‘roq gaplar” mavzusining 94-mashqida buni ko‘rishimiz mumkin: “Qarisi bor uyning parisi bor” mavzusida matn tuzing. Unda so‘roq olmoshlari ishtirok etgan so‘roq gaplardan foydalaning”. [5] O‘quvchilarning ko‘pchiligi uyda kimningdir yordamida matn tuzishadi, undagi so‘zlarning grammatik vazifasiga e’tibor bera olmaydi, yoki bunday qo‘shimcha topshiriq ularni chalg‘itadi.Shunday ekan, matn tuzish uchun berilgan topshiriqlarda o‘quvchilarning diqqatini bir tomonga yo‘naltirgan mavzularga qaratish lozim, ya’ni ular uchun qiziq bo‘lgan sarlavha asosida matn yaratish topshirig‘i berilishi va unda asosan, mazmunga e’tibor qaratishlari kerakligi aytilishi lozim. Nutqni o‘stirishda ularning lisoniy malakasini va qiziqishlarini hisobga olgan holda o‘quv topshiriqlarini berib boriladi.
Sinfda o‘tkaziladigan amaliy mashg‘ulotlar ularning mantiqiy jihatdan o‘ylashga majbur qila olishi lozim. Qolaversa, ularning tushunish malakasini hisobga olgan holda o‘qib tushunish va eshitib tushunish mumkin bo‘lgan turli topshiriqlarni saralab berish mumkin. Masalan, hikoya (ertak)ning qisqartirilgan variantini o‘qidingiz. Shu asosida hikoya (ertak)ni kengaytiring; audioyozuv orqali eshitgan matnimizning mazmunini ikki yoki uchta gap bilan ifodalang, ya’ni uni qisqartiring; eshitgan hikoyangizga mos sarlavha tanlang va hokazo.
O‘qituvchi o‘quvchilar hukmiga havola qilinayotgan matnning ularga qanchalik ta’sir etishi, uning qanday jarayonlar orqali tushunilishini inobatga olishi lozim.Bu jarayon haqida filologiya fanlari nomzodi, dotsent I. Azimova o‘zining nomzodlik ishida ta’kidlab o‘tadi. [6]
Yuqoridagi fikr-mulohazalar va tajribalardan kelib chiqqan holda Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi 114-maktabning 5- sinf o‘quvchilari ishtirokida tadqiqot ishlari amalga oshirilmoqda.Tajribada o‘quvchilardagi nutqida qaysi nutq uslubi yetakchilik qilishini kuzatdik.
Ular quyidagi rejaga asoslanib ertakni kengaytirib
yozib berishdi.
- O‘rmonda bir sher bor edi. U hayvonlarni ovlardi.
- Hayvonlar sherga ularni ovlamasligini va buning evaziga har kuni bittadan hayvonni taom sifatida yuborishlarini aytdi.
- Sher bu taklifga rozi bo‘ldi.
- Navbat quyonga yetganida u hiyla ishlatdi, ya’ni o‘rmonning boshqa chekkasida bir sher podshohman. deb aytayotgani haqida gapirdi.
- Sher va quyon o‘sha yerga yetganida sher quduq ichiga qaradi. Suvda o‘z aksini ko‘rgan sher u bilan urushmoqchi bo‘lib, quduqqa o‘zini tashladi.
Ushbu tajribada 20 nafar o‘quvchi ishtirok etdi.Tajriba natijasini quyidagi jadvalda aks ettirganmiz.
Bunda so‘zlashuv uslubida yozilgan matnlar – 1; badiiy uslubdagi yozilgan matnlar – 2; aralash uslubda yozilgan matnlar – 3 raqamlari bilan belgilandi:
So‘zlashuv uslubida yozgan bir o‘quvchining matnidagi gaplarni ko‘rib chiqamiz: “U har xil hayvonlarni ovlar edi… U hayvonlarning go‘shtini yer edi… Hayvonlar sherdan ularni yemasligini so‘rabdi… Hayvonlar har kuni qur’a o‘ynashardi…
Shunda sher quduqqa sakrab, cho‘kib
o‘libdi… Hayvonlar bundan xursand bo‘libdi”.
Ko‘rinib turganidek, o‘quvchi voqealarni bayon qilishda faqat soddagaplardan foydalangan. Matnni yozishda voqealar bayoni bilan cheklangan. Hodisalarni ifodalashda so‘zlashuv uslubida qo‘llanuvchi so‘z va jumlalardan foydalangan.
Ko‘rinib turganidek, o‘quvchi voqealarni bayon qilishda faqat soddagaplardan foydalangan. Matnni yozishda voqealar bayoni bilan cheklangan. Hodisalarni ifodalashda so‘zlashuv uslubida qo‘llanuvchi so‘z va jumlalardan foydalangan.
Quyidagi gaplarni esa badiiy uslubda yozilgan matn sifatida tahlil qildik: “Qadim o‘tgan zamonda qalin o‘rmonda turli-tuman hayvonlar va kuchli sher yashab o‘tgan ekan. sher har doim ov qilar va begunoh hayvonlarni tanovvul qilar ekan. Sherning bu ishidan hayvonlarning jahli chiqibdi va bitim tuzishibdi…
Sher jahl ustida ahmoqlik
qilib o‘z aksini o‘zga sher deb o‘ylab, o‘zini suvga otibdi va jon
holatda o‘kirgancha cho‘kib ketibdi.
Yuqorida ko‘rilgan yozma ishda badiiy uslubga oid so‘z va birikmalardan ko‘plab foydalanilgan. Ajratib ko‘rsatilgan birikmalarning so‘zlashuv uslubida boshqa ekvivalentlari uchraydi. O‘quvchi so‘zlashgandako‘rsatilgan badiiy uslubdagi so‘z birikmalaridan foydalanmasa-da, yozma nutqda ularni qo‘llay olgan.
Yuqorida ko‘rilgan yozma ishda badiiy uslubga oid so‘z va birikmalardan ko‘plab foydalanilgan. Ajratib ko‘rsatilgan birikmalarning so‘zlashuv uslubida boshqa ekvivalentlari uchraydi. O‘quvchi so‘zlashgandako‘rsatilgan badiiy uslubdagi so‘z birikmalaridan foydalanmasa-da, yozma nutqda ularni qo‘llay olgan.
Quyidagi matnni aralash uslubda yozilgan matnga misol qilib olishimiz mumkin: “Bor ekan-da, yo‘q ekan, och ekan-da, to‘q ekan… Hayvonlar undan qo‘rqar edi, chunki sher har doim o‘zini etganini qildirar edi…
Lekin u bir nima
bo‘libdi-yu, yutqazibdi. So‘ng qilgan xatosini tushunib yetib, barchadan
uzr so‘rabdi”.
Ajratib ko‘rsatilgan birikmalar shuni ko‘rsatadiki, bu o‘quvchi ham so‘zlashuv, ham badiiy uslubdagi birikmalardan foydalangan. “… o‘zining aytganini qildirar” birikmasining o‘rniga shevada qo‘llanadigan “etganini” so‘zini, ya’ni “aytmoq” fe’lining Toshkent shevasiga oid fonetik variantini ishlatgan.
Ajratib ko‘rsatilgan birikmalar shuni ko‘rsatadiki, bu o‘quvchi ham so‘zlashuv, ham badiiy uslubdagi birikmalardan foydalangan. “… o‘zining aytganini qildirar” birikmasining o‘rniga shevada qo‘llanadigan “etganini” so‘zini, ya’ni “aytmoq” fe’lining Toshkent shevasiga oid fonetik variantini ishlatgan.
Bunday usul o‘quvchilarning 70 % ida uchraganini jadvalda ko‘rib o‘tdik.
Tajriba natijasi shuni ko‘rsatadiki, o‘quvchilarning aksariyati
yozma ishlarida so‘zlashuv uslubidagi va badiiy uslubdagi so‘zlar hamda birikmalardan
birday foydalanishgan.
Bundan shunday xulosa chiqarish mumkin: bolalar turli omillar orqali, ya’ni atrofdagi odamlar bilan muloqot qilganida, ommaviy axborot vositalarini kuzatganlarida, badiiy asar o‘qiganlarida va boshqa yo‘llar orqali ongiga singib qolgan qo‘llanish chastotasi yuqori bo‘lgan so‘z va jumlalardan foydalanishgan. Bu so‘zlar va birikmalar turli uslubga tegishli bo‘lishi mumkin. Bolaning uslub haqidagi tasavvuri va ko‘nikmasi shakllanib ulgurmaganligini bildiradi. Bolada yozma matn ko‘nikmalarini rivojlantirishda turli uslubdagi matnlarni o‘qitishdan tashqari uslubdan uslubga farqlanuvchi birliklarni o‘rgatib borish maqsadga muvofiq.
Foydalanilgan adabiyotlar:
- www.uzedu.uz
- Umumiy o‘rta ta’limning ona tili fanidan davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturi. T.: 2017.15 – 17-betlar
- Penny Ur. A Course in language teaching (practice and theory). Cambridge University Press. 1999. 73-b.
- Majidova S. Nutqiy kompetensiyalarni shakllantirish usullari // Til va adabiyot ta’limi 2018. 1-son.23-bet.
- Mahmudov N. va boshqalar. Ona tili. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik. T.: “Ma’naviyat” 2015. 30-bet
- Azimova I. O‘zbek tilidagi gazeta matnlarining mazmuniy persepsiyasining psixolingvistik tadqiqi: F.f.n.dis. –T. O‘zMU, 2008
Comments
Post a Comment