Skip to main content

Posts

Showing posts from August, 2023

Koʻp kitob oʻqiydiganlar yaxshiroq tushunishini isbotlovchi bir tajriba

Matndagi soʻzlarni toʻgʻri tushunish nafaqat soʻz boyligi balki leksikonda kodlangan soʻzlar ma’noviy guruhlarining chuqurligi va sifatiga ham bogʻliq. Bundan tashqari soʻzning ma’nosi uning sintaktik pozitsiyasiga hamda kontekstdagi semantikasiga ham aloqador boʻladi [1] . Oʻqib tushunish malakasi yaxshi rivojlangan oʻqirmanlar matndagi notanish soʻzlarning ma’nosini yaxshi anglaydilar. Bunga sabab ularning doimiy ravishda matn bilan ishlashlari, koʻproq kitob, gazeta oʻqishlari bilan bogʻliq. Daymok Texas shtatidagi maktablarning 11 – 12 yoshli oʻquvchilari oʻrtasida oʻqib tushunishni baholovchi test oʻtkazadi [2] . Oʻtkazilgan test natijasi shuni koʻrsatadiki koʻproq kitob, gazeta, jurnal oʻqiydigan, ota-onasidan ertak eshitib turadigan oʻquvchilarning oʻqib tushunish malakasi boshqalarnikidan yaxshiroq rivojlangan edi. Daymok soʻrovnoma ham oʻtkazishga qaror qiladi. Soʻrovnomada 2ta savol oʻrtaga tashlangan edi: Siz kitob oʻqishni tanlaysizmi yoki televizor koʻrishnimi? Siz koʻchad