Skip to main content

Koʻp kitob oʻqiydiganlar yaxshiroq tushunishini isbotlovchi bir tajriba

Matndagi soʻzlarni toʻgʻri tushunish nafaqat soʻz boyligi balki leksikonda kodlangan soʻzlar ma’noviy guruhlarining chuqurligi va sifatiga ham bogʻliq. Bundan tashqari soʻzning ma’nosi uning sintaktik pozitsiyasiga hamda kontekstdagi semantikasiga ham aloqador boʻladi[1]. Oʻqib tushunish malakasi yaxshi rivojlangan oʻqirmanlar matndagi notanish soʻzlarning ma’nosini yaxshi anglaydilar. Bunga sabab ularning doimiy ravishda matn bilan ishlashlari, koʻproq kitob, gazeta oʻqishlari bilan bogʻliq. Daymok Texas shtatidagi maktablarning 11 – 12 yoshli oʻquvchilari oʻrtasida oʻqib tushunishni baholovchi test oʻtkazadi[2]. Oʻtkazilgan test natijasi shuni koʻrsatadiki koʻproq kitob, gazeta, jurnal oʻqiydigan, ota-onasidan ertak eshitib turadigan oʻquvchilarning oʻqib tushunish malakasi boshqalarnikidan yaxshiroq rivojlangan edi. Daymok soʻrovnoma ham oʻtkazishga qaror qiladi. Soʻrovnomada 2ta savol oʻrtaga tashlangan edi:
  1. Siz kitob oʻqishni tanlaysizmi yoki televizor koʻrishnimi?
  2. Siz koʻchada oʻrtoqlariningiz bilan oʻynashni ma’qul koʻrasizmi yoki kitob oʻqishnimi?
Rasm manbasi: Canadian Child Care Federation. Copyright © 2023 Canadian Child Care Federation.

Daymokni hayratga tushirgan holat shuki oʻqib tushunish testlarini yaxshi bajargan oʻquvchilarning 73 foizi birinchi savolga kitob oʻqishni tanlashini aytgan. Testlardan yaxshi natija koʻrsata olmagan oʻquvchilarning 23 foizigina kitob oʻqishni tanlagan edi. Eng qiziqarli holat 2-savolda kuzatilgan. Siz koʻchada oʻrtoqlariningiz bilan oʻynashni ma’qul koʻrasizmi kitob oʻqishnimi? deya berilgan savolga hamma oʻquvchi oʻrtoqlari bilan oʻynashni ma’qul koʻrishini aytgan. Lekin oʻqib tushunish testlarida yaxshi natija qayd etgan oʻquvchilarning aksariyati oʻz javoblarini izohlab ham berishgandi:
  • “Menimcha, ochiq havoda biron mashgʻulot bilan shugʻullanish foydali”;
  • “Mening doʻstlarim unchalik koʻp emas, shuning uchun imkoniyatdan foydalanib qolgan boʻlardim”;
  • “Men doʻstlarimni har kuni ham koʻra olmayman. Kitobni esa kechqurun ham oʻqiy olaman”;
  • “Kitob doim men bilan doʻstlarim esa unday emas”;
  • “Mening akam, ukam, singlim, opam yoʻq. Men zerikaman”.[3]

Koʻproq kitob oʻqigan bolalar soʻzni turli kontekstlarda aks etish holatlarini, turli sintaktik qurilmalarda, turli vazifalarda, turlicha ma’nolarda kelgan oʻrinlarni koʻproq koʻrgani sabab matnni tushunish, undagi ma’noni anglab olish jarayonida qiynalmaydilar.


Ushbu maqola Shokir Tursunning “Ona tilida lisoniy malakani baholashning nazariy asoslari (oʻqib tushunish)” mavzusida yozilgan BMI ishidan olingan. Ma'lumotlardan foydalanilganda havola keltirishingizni iltimos qilamiz.

[1] G. Woolley, Reading Comprehension: Assisting Children with Learning Difficulties, DOI 10.1007/978-94-007-1174-7_5, © Springer Science +Business Media B.V. 2011

[2] Nicholson, T. (1998). Reading comprehension processes. In G. B. Thompson & T. Nicholson (Eds.), Learning to read: Beyond phonics and whole language (pp. 127-149). New York: Teachers College Press.

[3] Nicholson, T. (1998). Reading comprehension processes. In G. B. Thompson & T. Nicholson (Eds.), Learning to read: Beyond phonics and whole language (pp. 127-149). New York: Teachers College Press.

Comments

Popular posts from this blog

Ona tilida oʻqib tushunish malakasini rivojlantirish yuzasidan tajribaviy tadqiq

Maqola Global ta’lim va milliy metodika. Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari dan olindi. Muallif: Feruza Sharopova Bugungi kunda bilim berish va uni sinovdan oʻtkazishning xalqaro me’yorlari oʻrganilib, ularni Respublikamizdagi ta’lim jarayoniga joriy etish rejalashtirilmoqda. Dunyoda ta’lim sifati, saviyasi va darajasini aniqlab beruvchi PISA (Oʻquvchilarni ta’limdagi yutuqlarini baholash xalqaro dasturi), PIRLS (Matnni oʻqish va tushunish darajasini aniqlovchi xalqaro tadqiqot), TIMSS (Maktabda matematika va aniq fanlar sifatini tadqiq qiluvchi xalqaro monitoring) kabi bir qator xalqaro dasturlar mavjud boʻlib, ular rivojlangan davlatlardagi ta’lim sifatini yanada oshirishdagi mezon sifatida keng qoʻllanilib kelinmoqda. [1] PISA   -   oʻquvchilarni ta’lim sohasidagi yutuqlarini baholash boʻyicha xalqaro dastur boʻlib, undagi test jahon davlatlaridagi maktab oʻquvchilarining bilimi va ularni amaliyotda qoʻllay olish mahoratini baholaydi. [2] Dasturnin...

Eshitib tushunishda “pastdan yuqoriga” va “yuqoridan pastga” yondashuvlari

Ushbu maqola David Nunanning “Til oʻqitish metodologiyasi” (Languagae teaching methodology) kitobidan erkin tarjima qilingan. Tarjimon: Shokir Tursunov Ogʻzaki nutqni eshitib tushunish jarayoni qanday kechadi? Eshitilgan nutqdan mazmunni samarali chiqarib oladigan odamlar bunga qanday erishadilar? Oddiy qaralsa, ogʻzaki nutqni tushunish jarayoni nutq oqimini tarkibiy qismlarga – tovushlarga, fonemalarga ajratib olishdan boshlanadi, keyingi bosqich esa boʻgʻin, soʻz, soʻz birikmasi, sintagma, gap, matn ketma-ketligida davom etadi. Bu qarash nutqni eshitib tushunishga “pastdan yuqoriga” (bottom-up) yondashuvi hisoblanadi, koʻrinib turibdiki ushbu yondashuv yetarli darajada mukammal emas, uni osongina rad etish mumkin. Matn Ular shunday betartib joylanganki, hammasini tartibga keltirish uchun ancha vaqt kerak. Keyin ularni saralash kerak boʻladi. Menimcha, rangiga qarab saralagan ma’qul. Rangiga qarab saralab olgach yana bir ichki saralash oʻtkazish va mavsumiy koʻrs...

MOBIL ILOVALAR ORQALI TIL O‘RGANISH VA O‘RGATISH: ILOVALAR TASNIFI

KIRISH Jozibali texnologiyalar sirasiga kiruvchi mobil ilovalar bugungi kunga kelib ta’limda o‘ziga xos inqilob yasagani hech kimga sir emas. So‘nggi yillarda bunday ilovalar ta’lim jarayoniga chuqur kirib bordi. Smartfon va turli mobil gadjetlar taraqqiyoti an’anaviy ta’lim jarayonini o‘zgartirib yubordi. Bu o‘zgarishlar til ta’limida ham yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Mobil qurilmalardan foydalanish til ta’limi sohasiga oid ko‘plab ilovalarning yaratilishiga olib keldi. Hozirgi kunda foydalanuvchilar internet orqali ana shunday ilovalarni bemalol yuklab olishlari va mustaqil ravishda tillarni o‘rganishlari mumkin. Ushbu maqola til o‘rgatuvchi mobil ilovalar tasnifiga bag‘ishlangan bo‘lib, o‘rganuvchi va o‘rgatuvchilar o‘zlari uchun qaysi ilova qulay va foydali ekanligini aniqlab olishlariga yordam beradi. Til o‘rganuvchilar uchun qaysi ilovaning qulayligi va ko‘proq foydali ekanligini aniqlashga qaratilgan izlanishlar deyarli amalga oshirilmagan. Bu esa ko‘plab ilovalardan qay bir...