Skip to main content

Eshitib tushunishda “pastdan yuqoriga” va “yuqoridan pastga” yondashuvlari


Ushbu maqola David Nunanning “Til oʻqitish metodologiyasi” (Languagae teaching methodology) kitobidan erkin tarjima qilingan.

Tarjimon: Shokir Tursunov



Ogʻzaki nutqni eshitib tushunish jarayoni qanday kechadi? Eshitilgan nutqdan mazmunni samarali chiqarib oladigan odamlar bunga qanday erishadilar? Oddiy qaralsa, ogʻzaki nutqni tushunish jarayoni nutq oqimini tarkibiy qismlarga – tovushlarga, fonemalarga ajratib olishdan boshlanadi, keyingi bosqich esa boʻgʻin, soʻz, soʻz birikmasi, sintagma, gap, matn ketma-ketligida davom etadi. Bu qarash nutqni eshitib tushunishga “pastdan yuqoriga” (bottom-up) yondashuvi hisoblanadi, koʻrinib turibdiki ushbu yondashuv yetarli darajada mukammal emas, uni osongina rad etish mumkin.

Matn

Ular shunday betartib joylanganki, hammasini tartibga keltirish uchun ancha vaqt kerak. Keyin ularni saralash kerak boʻladi. Menimcha, rangiga qarab saralagan ma’qul. Rangiga qarab saralab olgach yana bir ichki saralash oʻtkazish va mavsumiy koʻrsatkich asosida guruhlab chiqish mumkin. Agar bu saralashni amalga oshirmasak, boshlagan ishimiz muvaffaqiyatsizlikka uchraydi, koʻzlagan maqsadimizga yeta olmaymiz.

Yuqorida matnni eshitgan odam tovushlar, soʻzlarni qabul qilaveradi. Soʻzlarning ma’nosini ham anglaydi. Lekin u matnni tushundimi? Mana shu savol javobsiz qoladi. Javob – yoʻq. Matn toʻliq tushunilmadi. Agar xuddi shu matnni “Kir yuvishdan oldin” degan nom ostida oʻqisak bormi, hammasi boshqacha kechadi. “kir yuvish” birikmasi oʻzida tashiga kontekstual ma’no sabab matnni tushunish ancha osonlashadi, va matn ham oydinlashadi. Xuddi shu usul – matnning umumiy mazmuni haqidagi xulosadan matndagi gaplar, soʻz birikmalari va soʻzlarni tushuna borish “yuqoridan pastga” (top-down) nazariyasi hisoblanadi. Koʻrinib turibdiki bu yondashuv ancha ishonchli.

Lekin inson oʻrniga qarab ikkalasini ham faol qoʻllaydi.

Anderson va Linch oʻzlarining eshitib tushunish kitobida “pastdan yuqoriga” nazariyasi orqali tushunuvchilarni diktofon yoki magnitofonga, “yuqoridan pastga” nazariyasi orqali tushunuvchilarni esa modemga oʻxshatadi. Haqiqatdan ham, nutqni tobushlarga ajratib, keyin ulardan soʻz yasab, soʻzlardan gap tuzib matnni anglaydiganlar xuddi diktofon kabi oʻz xotiraladiga shunchaki yozib boradilar, xolos. Tadqiqotlar ham shuni koʻrsatadiki, “pastdan yuqoriga” shaklidagi eshitib tushunish jarayoni mukammal emas. Eshitib tushunish jarayonini bu usulda tashkil etish natija bermaydi. Agar siz biror xabarni yozib olib, kimgadir eshittirib yozib berishini soʻrasangiz, tabbiyki, u faqat eslab qolgan qismini yozadi, ammo, ma’lum qismlarni oʻzidan qoʻshib yozgan boʻladi. Oʻsha eslab qolgan qismi ham ovozli matnga toʻla mos tushmaydi. Siz eshittirgan matn va u yozib bergan matn (hech qachon) 100% mos kelmaydi. Chunki biz nutqni tushunganimizda til shakllarini emas, ma’nolarni gʻamlaymiz (xotiramizga yigʻib boramiz).

David Nunan. Language teaching methodology. 17-18-betlar

Comments

Popular posts from this blog

Ona tilida oʻqib tushunish malakasini rivojlantirish yuzasidan tajribaviy tadqiq

Maqola Global ta’lim va milliy metodika. Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari dan olindi. Muallif: Feruza Sharopova Bugungi kunda bilim berish va uni sinovdan oʻtkazishning xalqaro me’yorlari oʻrganilib, ularni Respublikamizdagi ta’lim jarayoniga joriy etish rejalashtirilmoqda. Dunyoda ta’lim sifati, saviyasi va darajasini aniqlab beruvchi PISA (Oʻquvchilarni ta’limdagi yutuqlarini baholash xalqaro dasturi), PIRLS (Matnni oʻqish va tushunish darajasini aniqlovchi xalqaro tadqiqot), TIMSS (Maktabda matematika va aniq fanlar sifatini tadqiq qiluvchi xalqaro monitoring) kabi bir qator xalqaro dasturlar mavjud boʻlib, ular rivojlangan davlatlardagi ta’lim sifatini yanada oshirishdagi mezon sifatida keng qoʻllanilib kelinmoqda. [1] PISA   -   oʻquvchilarni ta’lim sohasidagi yutuqlarini baholash boʻyicha xalqaro dastur boʻlib, undagi test jahon davlatlaridagi maktab oʻquvchilarining bilimi va ularni amaliyotda qoʻllay olish mahoratini baholaydi. [2] Dasturnin...

MOBIL ILOVALAR ORQALI TIL O‘RGANISH VA O‘RGATISH: ILOVALAR TASNIFI

KIRISH Jozibali texnologiyalar sirasiga kiruvchi mobil ilovalar bugungi kunga kelib ta’limda o‘ziga xos inqilob yasagani hech kimga sir emas. So‘nggi yillarda bunday ilovalar ta’lim jarayoniga chuqur kirib bordi. Smartfon va turli mobil gadjetlar taraqqiyoti an’anaviy ta’lim jarayonini o‘zgartirib yubordi. Bu o‘zgarishlar til ta’limida ham yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Mobil qurilmalardan foydalanish til ta’limi sohasiga oid ko‘plab ilovalarning yaratilishiga olib keldi. Hozirgi kunda foydalanuvchilar internet orqali ana shunday ilovalarni bemalol yuklab olishlari va mustaqil ravishda tillarni o‘rganishlari mumkin. Ushbu maqola til o‘rgatuvchi mobil ilovalar tasnifiga bag‘ishlangan bo‘lib, o‘rganuvchi va o‘rgatuvchilar o‘zlari uchun qaysi ilova qulay va foydali ekanligini aniqlab olishlariga yordam beradi. Til o‘rganuvchilar uchun qaysi ilovaning qulayligi va ko‘proq foydali ekanligini aniqlashga qaratilgan izlanishlar deyarli amalga oshirilmagan. Bu esa ko‘plab ilovalardan qay bir...