KIRISH
Jozibali texnologiyalar sirasiga kiruvchi
mobil ilovalar bugungi kunga kelib ta’limda o‘ziga xos inqilob yasagani hech
kimga sir emas. So‘nggi yillarda bunday ilovalar ta’lim jarayoniga chuqur kirib
bordi. Smartfon va turli mobil gadjetlar taraqqiyoti an’anaviy ta’lim
jarayonini o‘zgartirib yubordi. Bu o‘zgarishlar til ta’limida ham yaqqol ko‘zga
tashlanmoqda. Mobil qurilmalardan foydalanish til ta’limi sohasiga oid ko‘plab
ilovalarning yaratilishiga olib keldi. Hozirgi kunda foydalanuvchilar internet
orqali ana shunday ilovalarni bemalol yuklab olishlari va mustaqil ravishda
tillarni o‘rganishlari mumkin.
Ushbu maqola til o‘rgatuvchi mobil ilovalar
tasnifiga bag‘ishlangan bo‘lib, o‘rganuvchi va o‘rgatuvchilar o‘zlari uchun
qaysi ilova qulay va foydali ekanligini aniqlab olishlariga yordam beradi. Til o‘rganuvchilar
uchun qaysi ilovaning qulayligi va ko‘proq foydali ekanligini aniqlashga
qaratilgan izlanishlar deyarli amalga oshirilmagan. Bu esa ko‘plab ilovalardan
qay birini tanlash kerakligi borasidagi savollarga jvob berishni
qiyinlashtiradi. Tasnif etishda o‘rganuchilarning darajasi hisobga olingan.
MOBIL TA’LIM
Bugungi kunga kelib deyarli har bir kishida
shaxsiy mobil qurilma movjud. Ushbu qurilma orqali ular internet tarmog‘iga
erkin ulanishi, dunyoning turli chetidagi odamlar bilan oson aloqa qilishlari
mumkin. Endilikda insonlarning o‘zaro aloqa qilishi va ma’lumotlarni
almashishida vaqt va makon chegaralari yo‘qoldi.
Mobil atamasi lotincha mobilis –
“harakatlanuvchi”, “ko‘chishi oson” degan ma’noni anglatuvchi so‘z asosida
paydo bo‘lgan (https://www.etymonline.com/word/mobile). Shundan kelib chiqib, mobillik
deyilganda harakatchanlik, bir joydan ikkinchi joyga osongina harakatlana olish
qobiliyati tushuniladi. Mobil qurilmalarning portativ (fr. portatif – olib, ko‘tarib
yurmoq) xususiyati esa, ularni ta’limning har qanday jabhasiga joriy etish
mumkinligini va bu ko‘plab qulayliklarning yaratilishini ta’minlaydi.
Mobil ta’limning asosiy xususiyatlaridan
biri o‘quvchining shaxsiy qiziqishi va xohishi hisoblanadi. Vaqt va makon
masalasi ham to‘laligicha o‘rganuvchining ixtiyorida bo‘ladi. Mobil ta’limga yo‘naltirilgan
ilovalarning juda ko‘pligi, bunday ilovalar bozorining tez o‘sayotganligi o‘rganuvchiga
tanlash imkoniyatini tobora qiyinlashtirib bormoqda. Bunday ilovalarning
tasniflab berilishi esa qulaylik yaratishi tabiiy. Mobil ta’lim texnologiyalarining
internet tarmog‘ida ekanligi o‘rganuvchilar uchun qo‘shimcha qulayliklar
yaratib beradi. Bunday ilovalardan foydalanuvchilar o‘zlari uchun eng qulay
darajani belgilab olishi, istalgan joyda, istalgan vaqtda o‘quv materiallaridan
foydalanishlari mumkin. O‘quv materiallarining turli ko‘rinishda bo‘lishi ham o‘rganish
jarayonining foydalilik darajasini oshiradi.
MALL (Mobile Assisted Language Learning)
Mobil ilovalar yordamida til o‘rganish
mobil ta’limning bir qismi hisoblanadi. CALL til o‘rgatishga kompyuter
tomonlama yondashish bo‘lsa, MALL til o‘rgatishga mobil qurilmalar
tomondan yondashishni anglatadi. So‘nggi yillarda internet va mobil
qurilmalardan keng foydalanish CALLdan MALLning ajralib chiqishiga olib keldi.
MALLning CALLdan asosiy farqli jihatlari quyidagi o‘rinlarda ko‘zga tashlanadi:
·
portativlik yoki mobillik
·
ijtimoiy aloqalarning kengligi
·
yuqori darajadagi individuallik
CALL ushbu xususiyatlarni talab darajasida
ta’minlab bera olmaydi.
TIL O‘RGANISHGA QARATILGAN MOBIL ILOVALAR
TASNIFI
O‘rganuvchilarning
til o‘rganish jarayonini sifatli va foydali bo‘lishiga yordam beruvchi mobil
ilovalarni quyidagicha tasnif etishga urindik.
Boshlang‘ich bosqich uchun. Til o‘rgatuvchi mobil ilova ishlab
chiqaruvchilar eng birinchi navbatda tilni boshlang‘ich darajadan o‘rganuvchilarga
e’tibor qaratishadi va ular uchun qiziqarli ilovalarni taklif etishga
urinishadi. Bunda, asosan, yosh bolalar hisobga olinadi va ilovalar ham ularga
mos ravishda ishlab chiqiladi. Tabiiyki, bunday ilovalar tilni o‘yinlar orqali o‘rgatishni
maqsad qiladi. Ta’lim berish va mobil o‘yinlarning o‘zaro integratsiyasi juda
yaxshi natija berayotgani hech kimga sir emas. Chunki yosh bolalar o‘yinqaroq
va qiziquvchan bo‘ladi. Bundan tashqari o‘yinlardagi o‘sib borish va turli rag‘batlarning
berib borilishi ularni yaxshiroq o‘rganishga undaydi.
Maktabgacha va boshlang‘ich maktab
yoshidagi bolalar mustaqil ravishda nima yaxshi-yu, nima yomon, nima foydali-yu,
nima vaqtni behuda sarflash ekanini aniqlab olishlari muammo. Ular bunga qodir
emaslar. Shuning uchun ota-onalar va ustozlar kerakli ko‘rsatmalarni berib
borishlari, qay bir mobil ilovadan foydalanishni maslahat berishlari maqsadga
muvofiq.
Boshlang‘ich o‘rganuvchilar uchun mo‘ljallangan
mobil ilovalar, odatda, alifbodan boshlanib quyidagi ketma-ketlikda davom
etadi:
Alifbo – tovushlar – harflarning yozilishi
– qo‘shiqlar va animatsiyali hikoyalar – ranglar – hayvonlarning nomlanishi –
meva va sabzavot nomlari – sifatlashlar –
sodda gap qoliplari.
Mobil ilova nomi
|
Mobil qurilma turi
|
Qaysi malakani rivojlantirishi
|
Mobil ilova do‘konlaridagi baholanishi (5 balldan)
|
Bepul/pulli
|
Duolingo
|
iOS/Android
|
so‘z boyligi, sodda gap qoliplari
|
4.7
|
Bepul
|
Babbel
|
iOS/Android
|
lug‘at boyligi, soda gap qoliplari
|
4.6
|
Bepul/pulli[1]
|
MosaLingua
|
iOS/Android
|
Barcha malakalar
|
4.6
|
Bepul/pulli
|
MindSnacks
|
iOS
|
so‘z boyligi, Grammatik qoidalar, og‘zaki nutq va eshitib tushunish
|
3.5
|
Bepul/pulli
|
VocabularySpellingCity
|
iOS/Android
|
Talaffuz
|
3.4
|
Bepul/pulli
|
1-jadval. Boshlang‘ich bosqich o‘rganuvchilari
uchun mo‘ljallangan mobil ilovalar (ko‘rsatkichlari eng yuqori ilovalar tanlab olingan).
O‘rta
bosqich uchun. Bu daraja uchun ilova ishlab chiqaruvchilar, asosan,
12-17 yosh oralig‘ini hisobga oladilar. Ushbu daraja til o‘rganishdagi eng muhim
bosqich bo‘lib, kelajakdagi natijalar uchun asosiy tayanch hisoblanadi. Ushbu daraja
uchun ishlab chiqilgan ilovalar keng qamrovli bo‘lishi lozim. Iloji
boricha tilning barcha malakalarini oshirishga xizmat qilishi ilovaning foydali
bo‘lishini ta’minlab beradi.
Jennifer Betsi Redd yuqori sinflarda o‘quvchi
bolalarda lug‘at boyligini oshirishda mobil ilovalarning o‘rnini aniqlash uchun
3 haftalik tajriba o‘tkazgan. iPod qurilmasida ishlovchi o‘yin orqali ularning lug‘at
boyligini oshirishga urinib ko‘rgan. Tajribadan oldin olingan testda o‘quvchilar
o‘rtacha 13.8 ball olgan bo‘lsa, tajribadan so‘ng bu ball 14.16 ni tashkil etgan.
Qisqa muddat uchun bu natija juda yaxshi edi.
Lyu T.Y 2009-yilda eshitib tushunish va og‘zaki
nutqni rivojlantirish uchun HELLO deb nomlangan virtual reallikdan iborat
platformadan foydalandi. Ushbu platformaga eshitib tushunish va og‘zaki nutq
malakasini shakllantirishga qaratilgan ko‘plab materiallar joylandi. Tajriba
uchun 64 o‘quvchi ajratib olinib alohida guruh qilindi. Eksprimental guruh va
nazorat guruhi olgan baholar o‘rtasida sezilarli farq ko‘zga tashlandi.
Mobil ilova nomi
|
Mobil qurilma turi
|
Qaysi malakani rivojlantirishi
|
Mobil ilova do‘konlaridagi baholanishi (5 balldan)
|
Bepul/pulli
|
Rosetta Stone
|
iOS/Android
|
og‘zaki nutq, so‘z boyligi
|
4.8
|
Pulli
|
Duolingo
|
iOS/Android
|
so‘z boyligi,
sodda gap qoliplari
|
4.7
|
Bepul
|
Memrise
|
iOS/Android
|
so‘z boyligi
|
4.5
|
Bepul
|
Quizlet
|
iOS/Android
|
so‘z boyligi, talaffuz
|
4.5
|
Bepul
|
FluentU
|
iOS/Android
|
og‘zaki nutq, so‘z boyligi
|
3.9
|
Pulli
|
2-jadval. O‘rta bosqich o‘rganuvchilari uchun mo‘ljallangan mobil ilovalar (ko‘rsatkichlari eng yuqori ilovalar tanlab olingan).
Yakuniy bosqich uchun. Ushbu bosqichda til malakalarini egallash
uchun mobil ilovalar unchalik zarur emasdek ko‘rinadi. Chunki bu bosqichgacha
yetib kelgan o‘rganuvchilar mustaqil ravishda ham, hech qanday yordamsiz
malakalarini oshirishlari mumkin. Lekin ma’lum o‘quv dasturi va rejaga ega ilovalardan
foydalanish foydadan holi bo‘lmaydi. Yakuniy bosqichdagi til o‘rganuvchilar,
odatda, kollej, litsey o‘quvchilari, universitet talabalari va undan katta
yoshdagilar jamoasini tashkil qiladi. Bu bosqichdagi til o‘rganuvchilar uchun
motivatsiya yetishmasligi eng katta muammo hisoblanadi. Mobil ilova ishlab
chiqaruvchilar ayni mana shu masalani hal etishlari lozim bo‘ladi. Bu yoshdagi
va darajadagi o‘rganuvchilarni faqat o‘yinlar bilan jalb etib bo‘lmaydi. Ularga
o‘zi o‘rganayotgan tilning asl egalari bilan muloqotni ham ta’minlab berish
lozim bo‘ladi. Til o‘rganishda bu tajriba juda samarali. Internet orqali bu
muammoni hal etish qiyin emas. Endi ular tilning asosiy qoidalarini, talaffuzni
biladi, faqatgina so‘z boyligi bilan muammolarga duch kelishi mumkin. Mobil
ilovalar ham ayni shu talabni qondirishga qaratilgan bo‘ladi.
Mobil ilova nomi
|
Mobil qurilma turi
|
Qaysi malakani rivojlantirishi
|
Mobil ilova do‘konlaridagi baholanishi (5 balldan)
|
Bepul/pulli
|
WordBook (universal)
|
iOS
|
so‘z boyligi
|
4.8
|
Pulli
|
Duolingo
|
iOS/Android
|
so‘z boyligi
|
4.7
|
Bepul
|
Busuu
|
iOS/Android
|
til egalari bilan aloqa qilish orqali og‘zaki va
yozma nutq
|
4.5
|
Bepul
|
Voxy
|
iOS/Android
|
til egalari bilan aloqa qilish orqali tilning barcha malakalari
|
4.5
|
Bepul
|
SpekaingPal
|
iOS/Android
|
videopersonajlar bilan jonli muloqot orqali og‘zaki
nutq
|
4.1
|
Bepul
|
3-jadval. Yakuniy bosqich o‘rganuvchilari uchun mo‘ljallangan mobil ilovalar (ko‘rsatkichlari eng yuqori ilovalar tanlab olingan).
XULOSA
Ushbu maqolada til o‘rgatishga qaratilgan
mobil ilovalar o‘rganuvchilar darajasi, yoshi va ilovalarning tarkibiga ko‘ra
tasniflangan. Til o‘rganish metodologiyasiga oid tadqiqotlarga asoslansak,
eshitib tushunish malakasibi o‘stirish til o‘rganishda eng foydali hisoblanadi.
Chunki ayni shu malakani o‘stirish barobarida murakkab konstruksiyalar,
vaziyatlarda ishlatiladigan so‘z birikmalari, gaplar, talaffuz, urg‘u qo‘yish
tajribasi ham birgalikda rivojlanib boradi. Mobil ilova ishlab chiqaruvchilar
ham bugungi kunda ayni shu malakani interfaol usullar bilan rivojlantirishga
urinmoqda. Reyting ko‘rsatkichlariga e’tibor berilsa ham aynan eshitib
tushunish mashqlari orqali og‘zaki nutqni rivojlantirishga qaratilgan ilovalar
ancha yuqori o‘rinlarni egallab turibdi.
Chet tilini o‘rganish uchun dastur
tanlayotganda ham eshitib tushunish va og‘zaki nutq malakalariga qanchalik
e’tibor berilganini hisobga olish zarur. Tilning asl egalari tilidan
yangraydigan matnlar, videolar borligiga ahamiyat berish kerak. Bundan tashqari
chat va forumlarga ulana olish qobiliyatiga ega ilovalardan foydalangan ma’qul.
Eshitib tushunish mashqlariga til o‘rgatish markazlarida katta e’tibor
berilmaydi. Grammatik qoidalar, yozma va og‘zaki nutq malakasini rivojlantirish
bunday o‘quv markazlarining maqsadiga aylanib qolgan. Shuning uchun ham o‘rganuvchilar
til markazlariga qatnash barobarida mobil ilovalardan ham foydalanib borsa, til
o‘rganish jarayoni sifatli va foydali kichadi.
[1] Bunday
turdagi mobil ilovalarning ma’lum qismi bepul bo‘lib, o‘rganishni davom
ettirish uchun to‘lov talab qilinadi
Comments
Post a Comment