Skip to main content

Posts

Showing posts from May, 2020

Hissiyot bilan tilni sevish mumkin, ammo rivojlantirib boʻlmaydi

 Muallif: Shokir Yoʻldosh (Shokir Tursunov) Tan olib aytishimiz kerak, 2019-yilgacha til haqidagi gaplar oktabr oyida jonlanib qolar, hamma qarsak chalar, she’rlar yozar va noyabr oyidan yana hammasi jim boʻlib ketar edi. Lekin mana 2019-yil oktabr oyida koʻtarilgan tilga e’tibor masalasi hali ham muhokamalar markazida turgan mavzulardan biri ekani odamni xursand qiladi. Ijtimoiy tarmoqqa kirsangiz, til, unga e’tibor, yangi qarorlarning muhokamasi haqidagi bahslarga har daqiqa guvoh boʻlasiz. Lekin... Shu muhokama va bahslardan tilga qanday foyda kelyapti? Hissiyotlarimizni izhor qilyapmiz, xolos. Lekin uni rivojlantirish uchun kim nima qilyapti? Toʻgʻri, butun boshli universitet tashkil etilgan, Oʻzbek tilini rivojlantirish departamenti, uning qoshida Atamalar komissiyasi, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish markazi, Adliya vazirligi tomonidan taklif etila...

Ona tili darslarida badiiy matnni idrok etish

Ushbu maqola “В осприятие художественного текста на уроках родного языка ” sarlavhasi bilan xalqaro jurnalda chop etilgan ( The Way of Science – International scientific journal – Volgograd, 2016. № 6. –Б.52-54. ) Muallif: Klaraxon Mavlonova  Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti katta o‘qituvchisi, p.f.d. (PhD) Annotatsiya. Ushbu maqolada ona tili darslarida badiiy matnning til xususiyatlarini o‘rganishga kirishish avvalida uni til jihatdan estetik idrok qilishning psixologik asoslarini aniqlash,   ona tili darslarida badiiy idrok maxsus topshiriq asosida badiiy   matnni til xususiyatlarini o‘rganish sari yo‘naltirilishi lozimligi va   bu borada badiiy idrok etish ustidagi ishlarni o‘ziga xos tarzda uyushtirish masalalari yoritilgan.   Kalit so‘zlar: badiiy matn, badiiy idrok, idrok maydoni, badiiy matnning til xususiyatlari, til hodisalari, estetik zavq, nutq madaniyati.   ...

5-sinf o‘quvchilari yozma nutqining uslubiy tahlili

Maqola   Global ta’lim va milliy metodika. Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallarining 283-289-betlari dan olindi. Muallif: Mohigul Esanova Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 187-son qaroriga muvofiq yangi tahrirdagi umumiy o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlari tasdiqlandi. Unda “…umumta’lim fanlarini o‘qitishning uzluksizligi va izchilligini ta’minlash, zamonaviy metodologiyasini yaratish, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi davlat ta’lim standartlarini kompetensiyaviy yondashuv asosida takomillashtirish, o‘quv-metodik majmualarining yangi avlodini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilishni tashkil etish” [1] bosh maqsad qilib olingan. Qarorda ona tili faniga oid quyidagi kompetensiyalar belgilab berilgan: Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozishni o‘z ichiga oladi). Bu kompetensiya bo‘yicha A2 darajadagi sinf o‘quvchilari tinglangan matn, ko‘rilgan lavhadagi asosiy axborot, voqea-...